“Men sakkizta urushni to'xtatdim va yaqinda to'qqizta bo'ladi. Umid qilamanki, Rossiya va Ukraina o'rtasidagi mojaro hal qilinadi”, deya Oq uy o'zining YouTube sahifasida Trampning so'zlarini joyladi.
20-oktabr kuni Oq uyda Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze bilan uchrashuv boshida jurnalistlar bilan suhbat chog'ida Tramp o'z sa'y-harakatlari bilan dunyoning turli mintaqalaridagi sakkizta harbiy mojaroni to'xtatganini aytgan edi, deb xabar berdi tass.ru.









