Oq uy rahbari matbuot anjumanida Yevropa yetakchilari bilan muzokaralarni baholar ekan, tomonlar tinchlik kelishuviga sezilarli darajada yaqinlashganini ma'lum qilgan.
Zelenskiy, o'z navbatida, Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarining 90 foizdan ortig'i kelishilganini, batafsilroq tafsilotlarga erishilganini ta'kidladi. Uning qo'shimcha qilishicha, AQSh, Ukraina va Yevropa davlatlari o'rtasida yanvar oyida Vashingtonda uchrashuv bo'lib o'tishi mumkin, deb xabar berdi report.az.
“20 banddan iborat reja 90 foizga kelishilgan, AQSh xavfsizlik kafolati 100 foiz, AQSh va Yevropa kafolati 90 foiz, harbiy masala 100 foiz, Ukraina iqtisodiyotini tiklash rejasi yakuniga etkazilmoqda”, dedi Zelenskiy.