“Sharqiy zaldagi ko'p tomonlama uchrashuv yakunlandi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Ukraina OAVlari Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforovga tayanib, Oval kabinetda “rahbarlar ishtirokida” muzokaralar tanaffusdan keyin qayta boshlangani haqida xabar bergan edi.
Amerikaning Axios portali Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilganini yozdi. Germaniyaning Bild nashri AQSh Prezidenti Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvni shu maqsadda to'xtatganini ta'kidladi, biroq Oq uy, Fox Newsga ko'ra, bu ma'lumotni tasdiqlamadi.
Tramp dushanba kuni kechqurun, Moskva vaqti bilan Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan muzokaralar o'tkazdi. Ochiq qism yarim soatdan sal kamroq davom etdi.
Muzokaralarda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Merts, Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb, Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni va Vladimir Zelenskiy ishtirok etdi.
Tramp, xususan, ochilish nutqida shunday dedi:
u Yevropa Ittifoqi yetakchilari va Kiyev rejimi rahbari bilan uchrashuv yakunlari bo'yicha kelishuvlarga erishilishini kutmoqda, bu esa Rossiya bilan uch tomonlama uchrashuvga olib keladi;
“mumkin bo'lgan hududlar almashinuvi”ni muhokama qilishni rejalashtirmoqda;
uchrashuv yakunlari bo'yicha deyarli barcha masalalar, jumladan, xavfsizlik bo'yicha kelishuvlarga erishilishini kutmoqda;
Ukraina bo'yicha uch tomonlama uchrashuv tashkil etish niyatida.
Zelenskiy, o'z navbatida, Tramp bilan muzokaralarni “juda yaxshi” deb atadi va AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyorligi haqida ishora berayotganini aytdi, deb xabar berdi ria.ru.









