Tramp joriy yilgi prezident saylovlarida uni faqat qalbakilashtirish bilan yengish mumkinligini aytdi.

Uning taʼkidlashicha, demokratlar saylov natijalarini soxtalashtirishga faol urinishadi.

Aynan shuning uchun ham Demokratik partiya ovoz berish vaqtida shaxsni tasdiqlovchi hujjatni tekshirishni bekor qilishni taklif etgan.

“Life.ru” portali bu borada, — deya Trampning quyidagi soʻzlarini keltirgan: “Bu nima uchun qilinadi? Bu qalbakilashtirish uchun qilinadi. Ular kelgusi saylovlarni oʻgʻirlashga urinib koʻrmoqchi. Chunki bu ular gʻalaba qozonishi mumkin boʻlgan yagona yoʻldir”.