Transafgʻon temir yoʻli qurilishi loyihasi muhokama etildi

    Transport 7 Fevral 2024 520

    Joriy yil 6-fevralda Toshkent shahrida Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Pokiston va Qatar transport vazirliklari va temir yoʻl maʼmuriyati rahbariyati ishtirokida toʻrt tomonlama uchrashuv oʻtkazildi.

    Uchrashuvda transafgʻon temir yoʻli qurilishi loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqasida transport aloqalari va savdo munosabatlarini rivojlantirishda ushbu loyihaning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

    Muzokaralarda delegatsiyalar loyihaning turli jihatlarini, jumladan, moliyalashtirish mexanizmlari, qurilish masalalari, texnik tafsilotlarni muhokama etdi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.