Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Oʻzbekiston milliy jamoasini 24,65 million yevroga baholadi.

Bu Oʻzbekiston milliy jamoasi qimmatligi boʻyicha Osiyoda oltinchi, sobiq shoʻro davlatlari orasida beshinchi, Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinda degani.

Sobiq SSSR davlatlari orasida Ukraina eng qimmat jamoa deb topilgan. Transfermarkt ekspertlari uni 176,5 million yevroga baholagan.

Ikkinchi oʻrinda turgan Rossiya milliy jamoasining bahosi 138,8 million yevro.

Keyingi oʻrinlardan

Gruziya (83,95 million yevro),

Armaniston (27,65 million yevro),

Oʻzbekiston (24,65 million yevro),

Qozogʻiston (17,6 million yevro),

Ozarboyjon (17,15 million yevro),

Moldova (14,75 million yevro),

Belarus (12,60 million yevro),

Estoniya (10,6 million yevro),

Latviya (9,6 million yevro),

Litva (6,78 million yevro),

Qirgʻiziston (5,98 million yevro),

Tojikiston (5,28 million yevro),

Turkmaniston (2,06 million yevro) joy olgan.