Taʼkidlanganidek, oʻtgan yili ixtisoslashgan markazlarda davolanishga muhtoj 84 ming bemordan atigi 51 ming nafari bepul order bilan taʼminlangan. Shuni hisobga olgan holda, joriy yilda bemorlarni bepul order bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan mablagʻ deyarli 1,5 baravarga koʻpaytirilib, qoʻshimcha 80 milliard soʻm ajratiladi va 250 milliard soʻmga yetkaziladi.
Respublika ixtisoslashgan markazlari tomonidan hududlardagi 3 ming nafar oilaviy shifokor qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi.
Yigʻilishda transplantatsiya masalasiga ham toʻxtalindi.
Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yili birgina Xirurgiya markaziga murojaat qilgan 900 dan ortiq bemorlarga donorlar yaqin qarindoshi boʻlmagani uchun jarrohlik amaliyotini oʻtkazish rad etilgan. Oqibatda, koʻpchilik fuqarolarimiz xorijda operatsiya oʻtkazishga majbur boʻlmoqda.
– Inson aʼzolari transplantatsiyasining qonuniy asoslarini yaratish kerak, – dedi davlatimiz rahbari.