Transport infratuzilmasini takomillashtirishda Turkiya tajribasi oʻrganilyapti

    Transport 28 Fevral 2024 793

    Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Yuridik boʻlim boshligʻi С.Гафаров boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi vakillari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda avtomobil transporti sohasida yoʻlovchi va yuk tashishni litsenziyalash, xalqaro tashuvlarga ruxsatnomalar berish, raqamli nazorat hamda yoʻnalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish, soha kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha Turkiya tajribasi oʻrganilyapti.

    Shuningdek, sohaga doir qonunchilik-hujjatlarini takomillashtirish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.