Bugun mamlakatimiz transport tizimining har bir tarmogʻi oʻz faoliyatiga doir “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”, “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida” qonunlar va Havo kodeksi kabi qonun hujjatlari.

Natijada transport tizimining avtomobil, temir yoʻl, aviatsiya, suv transporti tarmoqlari bir-biridan alohida, oʻz yoʻnalishida rivojlanib, ular faoliyatini muvofiqlashtiruvchi alohida qonun mavjud emas edi.

Koʻrib chiqilayotgan Qonun esa sohadagi bu kabi kamchiliklarni bartaraf etishda tarmoqdagi qonun hujjatlari bilan teng yuridik kuchga ega boʻlgan, bir vaqtning oʻzida ishlaydigan, bir-birini toʻldiradigan normalarni belgilaydi.

Tashish shartnomasi va majburiyatlari boʻyicha yuzaga keladigan javobgarlikni taʼminlash kabi iqtisodiy masalalarning hal etilishi orqali tijorat transporti faoliyatini rivojlantirish ham Qonunning asosiy maqsadlaridan biridir.

Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, transport faoliyati subyektlarining tengligi, davlat va transport faoliyati subyektlari manfaatlarining uygʻunligi va javobgarligi kabi tamoyillar ham Qonun bilan mustahkamlab qoʻyilmoqda.

Umuman Qonun tijorat asosida amalga oshiriladigan har qanday transport faoliyatini yuritishda vujudga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.