Uchrashuvda tomonlar mamlakatimiz transport infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro transport va tranzit yoʻlaklarini tashkil etish boʻyicha yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirish borasidagi rejalar yuzasidan fikr almashdi.
Vu Fulin janoblari Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi boʻyicha 6-iyunda imzolangan bitimni yuqori baholadi. Mazkur loyiha butun mintaqa tranzit salohiyatining oshishi, Yevropa va Osiyo oʻrtasida muhim koʻprik sifatida xizmat qilishiga ishonch bildirdi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.
– Xitoy Eksport-import banki tomonlar oʻrtasida ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha moliyalashtirish shartlari kelishilib, aniq takliflar taqdim etilganidan soʻng, bank moliyaviy koʻmak masalasida hamkorlik qilishga butunlay tayyor, – dedi Vu Fulin.