Transport vazirlarining “Xitoy – Markaziy Osiyo” formatidagi uchrashuvi oʻtkazildi

    Transport 26 Sentabr 2023 1609

    Joriy yil 25 – 26-sentyabr kunlari Pekinda boʻlib oʻtayotgan Barqaror transportni rivojlantirish boʻyicha global forum doirasida transport vazirlarining “Xitoy – Markaziy Osiyo” formatidagi birinchi uchrashuvi oʻtkazildi.

    Uchrashuvda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida transport-kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qisqa va qulay boʻlgan transport koridorlarini tashkil etish, tranzit tashuvlarini oshirish bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.

    Transport vazirlarining “Xitoy – Markaziy Osiyo” birinchi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni birgalikda amalga oshirish hamda “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida transport sohasida Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida faol hamkorlikni ragʻbatlantirish maqsadida davlatlar oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.