баннер
24 Apr 2025
10:46

    Transport vazirligi Qozogʻiston orqali tranzit harakatlanayotgan haydovchilarga murojaat qildi

    Murojaatda aytilishicha, bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Qozogʻiston hududiga Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston orqali kirishda taqiq borligi sababli muammolarga duch kelayotganligi holati kuzatilmoqda.

    Qayd etilishicha, haydovchilarning Qozogʻiston Respublikasida yoʻl harakati qoidalarini buzganliklari uchun ularga nisbatan maʼmuriy chora koʻrilib, jarima belgilanganligi taqiq qoʻyilishiga sabab boʻlgan.

    Ushbu fuqarolar Qozogʻistonning “Kaspi bank“ onlayn tizimidagi “davlat xizmatlari“ jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlagandan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan taqiqni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.

    Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting, — deyiladi xabarda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech