Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Qoʻqon shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.A. fuqaro I.ning ishonchiga kirib, unga transport vositasini mast holda boshqarganligi uchun jarima maydonchasida saqlanayotgan avtomashinasini 600 AQSH dollari evaziga YHXBda ishlovchi tanishlari orqali chiqarib berish hamda ish boʻyicha rasmiylashtirilgan bayonnomani yoʻq qildirib berishini vaʼda qilib, 500 AQSH dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.