Maxsus ishlov berilgan to'yinmagan yog' kislotasi — transyog'lar zararli xolesterin miqdorini oshiradi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, transyog'larning kundalik me'yori 2 ming kaloriyalik taomnomada 2,2 grammga to'g'ri keladi. Bugungi kundagi ba'zi oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibidagi transyog'lar miqdori kundalik me'yordan 200 baravarga ko'p ekan.
Chipsilar, yog'da qattiq qovurilgan kartoshka, baliq va tovuq go'shti, mayonez, fast-fud mahsulotlari, tort, pirojniy, pirog, muzlatilgan xamir, margarin va sariyog' kabi mahsulotlar transyog'larga boy bo'lib, bunday yog'lar qon oqimini to'sib qo'yishi, qon tomirlari devorida qon aylanishiga xalaqit berishi mumkin. Shu bois infarkt va insult xavfini oshiradi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti 2023 yilgacha transyog'lar iste'moliga chek qo'yishni o'z oldiga maqsad qilgan.