Xoʻsh transyogʻlar qaysi mahsulotlarda mavjud. Chipsilar, yogʻda qattiq qovurilgan kartoshka, baliq va tovuq goʻshti, mayonez, pishiriqlar, margarin va sariyogʻ kabi mahsulotlar transyogʻlarga boy boʻlib, ularni koʻp isteʼmol qilish yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 2023-yilgacha transyogʻlar isteʼmoliga chek qoʻyishni oʻz oldiga maqsad qilgan.

Transyogʻlarning kundalik meʼyori 2 ming kaloriyalik taomnomada 2,2 grammga toʻgʻri keladi. Bugungi kundagi baʼzi oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibidagi transyogʻlar miqdori kundalik meʼyordan 200 baravarga koʻpdir.

Feruza Joʻrayeva tayyorladi