Muloqot chog‘ida 2023 yil amalga oshiriladigan loyihalar, qo‘shma tadbirlar, xorijdagi turli turizm yarmarkalarida qatnashish, shuningdek, sentyabrda Samarqand shahrida o‘tadigan YUNVTO sammiti masalalari muhokama qilindi.
Belgiyaning nufuzli mediakompaniyasi rahbari so‘nggi yillarda mamlakatimizda nafaqat sayyohlik yo‘nalishida, balki boshqa sohalarda ham tub o‘zgarish va islohotlar amalga oshirilayotganini yuqori baholadi. U shuningdek, elchixona, respublikadagi masʼul vazirlik va idora vakillari hamda mahalliy turkompaniyalar bilan hamkorlikni faollashtirishga tayyorligini bildirdi.
«O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini ko‘paytirish uchun kompaniyamiz jamoasi bilan birgalikda bor imkoniyatni ishga solishga tayyormiz, - dedi Antonio Buskardi. - Shu maqsadda 2023-2024 yillarda hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqyapmiz va uni yaqin kunlarda o‘zbek tomoniga taqdim etamiz».
«Buscardini Communications» rahbari, shuningdek, kompaniya qoshida tashkil etilgan «Travel Tomorrow» informatsion portalida nafaqat O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan maqolalar, videoroliklar nashr qilish, balki respublikada ustuvor bo‘lgan boshqa masalalarda hamda maqola va yangiliklarni ko‘paytirish niyatini bildirdi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar Benilyuks mamlakatlarida tashkil qilinadigan turli turizm yarmarkalarida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini birgalikda namoyish qilish, shuningdek, ushbu sohasida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ishtirokida xalqaro konferensiya o‘tkazish yuzasidan kelishib oldilar.









