Chilonzor tumani IIO FMBdan olingan xabarga koʻra, joriy yilning 1-aprel kuni giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash hamda sotish holatlariga chek qoʻyishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davomida, “Spark” rusumli avtomashinani boshqargan 34 yoshli Aziz M. toʻxtatilgan.

Holislar ishtirokida tekshiruv natijasida, avtomashina yukxonasida 200 dona “Tropikamid” va 1674 ta “Regapen” dori vositalari borligi aniqlanib, olib qoʻyilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (“Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, deb xabar beriladi iibb.uz saytida.