Joriy yilning dastlabki 9 oyi davomida yurtimizga xorijdan qiymati 105,2 million dollarga teng boʻlgan sement import qilingan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 448,8 ming tonnaga koʻp.

2021-yilning 9 oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

Qozogʻiston – 964 ming tonna;

Tojikiston – 560 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 547 ming tonna;

Eron – 49 ming tonna;

Turkmaniston – 33 ming tonna, deb xabar beradi Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.