Hozirgi zamonda sport va siyosat bir-biriga juda kuchli bogʻlangan. Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan olgandan soʻng AQSH Rossiyaning koʻplab banklari, korxonalari va shaxslariga nisbatan sanksiya eʼlon qildi.
Ular orasida Rossiya tashqi iqtisodiy banki ham bor. SSKA klubining 77,63 foiz aksiyasiga esa oʻsha bank egalik qiladi.Mutaxassislarning taʼkidlashicha, sanksiya klubning AQSHning Nike kompaniyasidan sport kiyimlari sotib olishiga, okean ortida biznes qilishiga, oʻyinchilar transferiga taʼsir qilishi mumkin.