Tuman prokurori sovrini uchun musobaqa oʻtkazildi

    Bektemir tumani prokurori sovrini uchun musobaqa boʻlib oʻtdi.

    Ushbu bellashuv Bektemir tumanidagi 2-sonli BOʻSM sport zalida oʻtkazildi. Musobaqa gilamiga 13-15 yoshdagi (2005-2007-yillarda tugʻilgan) oʻsmirlar: 46, 50, 55,60, +60 kggacha vazn toifalarida hamda 15-17 (2003-2005-yillarda tugʻilgan) yoshdagi qizlar: 57, 63,70 kg.gacha vazn toifalarida chiqdilar.

    Musobaqadan asosiy maqsad Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalkaro nufuzini yana-da oshirish chora-tadbirlari" toʻgʻrisida qarorlarni ijrosini taʼminlash; sport musobaqalari orqali Toshkent shahridagi mahalla fuqarolari hamda sport-taʼlim muassasalari oʻquvchilarini irodasi, oʻz kuchi va imkoniyatiga boʻlgan ishonchini oshirishdan iboratdir.

    Musobaqada Toshkent shahrining barcha tumanlaridan polvonlar ishtirok etdilar. Tantanali tarzda oʻtkazilgan ochilish marosimida tuman prokuror va barcha masʼul shaxslar ishtirok etishdi. Murosasiz bellashuvlar yakunida qoʻyidagilar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar: 46 kg vazn toifasida Boboqulov Xushnud 1-oʻrinni egalladi. 50 kg.vazn toifasida esa Qarshiyev Ibrohimga gʻoliblik nasib etdi. 55 kg vaznda Quchqorov Samariddin birinchilikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 60 kg toifasida Xasanov Otabekning qoʻli baland keldi. Maksudov Mahmudga esa, +60 kg vazn toifasida gʻoliblik nasib etdi.

    Ushbu musobaqada qizlarimiz ham oʻz kuchlarini sinab koʻrishdi. Qizlar orasida

    57 kg vaznda Masharipova Laylo raqiblaridan ustun keldi. 63 kg vazn toifasida esa Abdullayeva Odina 1-oʻrinni egalladi. 70 kg vaznda gʻoliblik Toshpoʻlatova Parvonaga nasib etdi.