Qarorga koʻra, 2021–2022-yillar davomida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida 35 ta Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Jumladan, quyidagilar Markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- qoʻshma shikastlanishlar hamda oʻtkir qon-tomir kasalliklari bilan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish;

oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi mavjud bemorlarga gemodializ xizmatini koʻrsatish.

Markazlarga:

hududlardagi aholi sonidan kelib chiqqan holda, shoshilinch tibbiy yordam va umumiy jarrohlik boʻlimlarining umumiy oʻrinlari soni doirasida 50 tadan 60 tagacha oʻrinlar ajratiladi;

hududiy sogʻliqni saqlash muassasalari shtat birliklari doirasida qoʻshimcha neyroxirurg, nevrolog, kardiolog, anesteziolog-reanimatolog va boshqa shtatlar kiritiladi.

Qarorga koʻra, 2021–2023-yillarda bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Mazkur dasturni amalga oshirish uchun jami xarajatlar miqdori 264,5 mlrd. soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, 2021/2022 oʻquv yilidan OTMda nefrologiya va gemodializ kafedralari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.