Taʼkidlanishicha, Konsepsiyani ishlab chiqish jarayonida tungi iqtisodiyot muvaffaqiyatli rivojlangan mamlakatlar tajribalari oʻrganildi.
Hujjat 10 yoʻnalishni, jumladan, 24/7 rejimida ishlaydigan gastronomik zonalar, tungi bozorlar, madaniy va koʻngilochar tadbirlarni rivojlantirish, shahar infratuzilmasini yaxshilash, tungi transportni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni qamrab olgan.
Hujjatda 24/7 rejimida ishlaydigan koʻchalarni tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunday hududlar xavfsizlik, sifatli yoritish tizimlari, zamonaviy avtoturargohlar va sanitariya sharoitlariga oid talablarga muvofiq boʻlishi nazarda tutilmoqda. Ushbu hududlarni boshqarish bilan bogʻliq masalalarga boshqaruv kompaniyalari orqali yechim toppish rejalashtirilgan.
Alohida eʼtibor tungi iqtisodiyot masalalari boʻyicha koordinator lavozimini joriy etishga qaratilmoqda. Uning asosiy vazifalari biznes vakillari bilan hamkorlik qilish, tadbirlarni muvofiqlashtirish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlariga rioya etilishini nazorat qilish va infratuzilmaning samarali ishlashini taʼminlashdan iborat boʻladi. Ushbu lavozim davlat organlari, xususiy sektor va jamiyat oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin boʻlib xizmat qiladi.
Bundan tashqari, konsepsiyada «Tungi shahar» raqamli platformasini ishga tushirish nazarda tutilgan boʻlib, unda 24 soat davomida koʻrsatiladigan xizmatlar, tadbirlar, tungi transport yoʻnalishlari va boshqa xizmatlar haqida maʼlumot berib boriladi.
Hujjatning toʻliq matni havola orqali ilovada mavjud. Konsepsiya