баннер
19 Mar 2025
03:18

    Tungi klub oldida odamlarni kaltaklagan erkak ushlandi

    A.Sh. Qozogʻistonda ushlandi. Hozirda uni Toshkent shahriga ekstraditsiya qilish choralari koʻrilmoqda.

    Toshkenidagi kafelardan birining yonida boʻlib oʻtgan janjallashuv haqida berilgandi.

    Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, gumonlanuvchi erkak qoʻlga olingan.

    Yakkasaroy tumanida sodir etilgan jinoyat boʻyicha olib borilgan tergov harakatlari davomida 1995-yilda tugʻilgan A.Sh. tergovdan qochib yashiringani sababli unga nisbatan sirtdan JKning 277-moddasi (bezorilik«) va 104-moddasi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan ayb eʼlon qilinib «qamoqqa olish« ehtiyot chorasi qoʻllangan.

    Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida A.Sh. Qozogʻistonda ushlandi. Hozirda uni Toshkent shahriga ekstraditsiya qilish choralari koʻrilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech