Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, ushlangan shaxs tegishli tartibda hududiy IIBga olib borilgan.
Maʼlum boʻlishicha, u Toshkent shahrida yashovchi 1994-yilda tugʻilgan fuqaro Sh.A boʻlib, 2023-yilning oktyabr oyida oʻzganing “Onix” avtomashinasini sotib olish sharti bilan 10 kun muddatda (21 ming AQSH dollari) toʻlab berishini aytib mashinani olib ketgan va soxta hujjat tayyorlab, boshqa birovga sotib yuborgan.
Olingan pullarni esa shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. Sud tomonidan unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash boʻyicha ajrim chiqarilgan.