Қонун лойиҳасида tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish, tuproqlarning holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash, mas’ul vazirlik va idoralarning vakolatlari, yerlarni rekultivasiya qilish, tuproq holati va sifatiga ta’sir qiluvchi loyihalar, vositalar va texnologiyalarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish masalalari o‘z aksini topmoqda. 

Bundan tashqari, loyihada jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida tuproq sifati yoki unumdorligining pasayishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash masalalari belgilanmoqda.

Deputatlarning ta’kidlashicha, қонун лойиҳасининг qabul qilinishi tuproqlar unumdorligini oshirish va muhofaza qilish, toza tuproqda sifatli va xavfsiz mahsulot yetishtirish hamda  yaylov o‘simliklari bioxilma-xilligini oshirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.