Chuvalchanglar plastikni yengil hazm qilar ekan. Shu bois, ular koʻproq plastiklar aralash tuproqlarda yashashni afzal koʻrishar ekan. Hozircha, ushbu holat umurtqasizlar salomatligi va ekotizimga qay darajada taʼsir etishi maʼlum emas.
Xitoylik olimlar tomonidan oʻtkazilgan bir qancha tajribalar chuvalchanglarning uglevodorod va bioparchalanuvchi xom ashyolardan tayyorlangan turli xildagi plastiklarni yengil hazm qila olishini koʻrsatdi.
Shuni taʼkidlash joizki, tadqiqot natijalari tuproqning mikroplastik parchalari bilan ifloslanishiga qarshi kurashda yordam berishi mumkin, deb xabar beradi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.