Tuproqqalʼa, Shovot va Yangiariqda yopiq sugʻorish tizimiga oʻtkazish boʻyicha pilot loyiha boshlanadi

    Hukumat 1 Mart 2024 998

    Xorazmda yirik kanallarni betonlashga qoʻshimcha 145 milliard soʻm ajratilgan. Ichki sugʻorish tarmoqlarini betonlashni vegetatsiya davrigacha yakunlash zarurligi qayd etildi.

    “Toshsoqa kanalini tiklash” loyihasi 2-bosqichi doirasidagi ishlarni jadallashtirishga topshiriq berildi.

    Ushbu loyiha natijasida 172 ming gektarda suv taʼminoti yaxshilanadi, yiliga 500 million kub metr suv, 50 million kilovatt elektr, 30 milliard soʻm saqlash xarajatlari tejaladi.

    Tuproqqalʼa, Shovot va Yangiariqda 1 ming gektarni yopiq sugʻorish tizimiga oʻtkazish boʻyicha pilot loyiha boshlanadi.

    Joriy yilda shaffof tizim orqali 11 ming gektarda suv tejovchi texnologiya joriy qilish, 42 ming gektarni lazerli tekislash rejalashtirilgan.

    Xorazmda koʻplab nasos stansiyalari eskirgani bois, ularning suv yetkazish samaradorligi past, energiya sarfi esa yuqori ekani koʻrsatib oʻtildi.

    Shu munosabat bilan Suv xoʻjaligi vazirligiga 50 ta nasos stansiyani xususiy sheriklikka berish topshirildi.