AOKAda shu mavzuda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirokida matbuot anjuman boʻlib oʻtmoqda.

Abduqodir Toshqulov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri:

«1991-2010-yillarda yotoqxona oʻrinlari soni kamaysa kamayganki, koʻpaymagan. 2010-2016-yillarda 2000 oʻrinli talabalar turar-joyi barpo etilgan. Hozirgi kunda bitta talaba uchun turar-joy qiymati 40-50 million soʻm atrofida, yaʼni, masalan, 400 oʻrinli talabalar turar-joyi taxminan 20 mlrd soʻm atrofida boʻladi.

2017-2022-yil yakuni bilan 56 ming oʻrinli talabalar turar-joyi boʻlyapti. Bu 2010-2016-yilga nisbatan 28 barobar koʻp.

Oʻzbekistonda 2016-yilda 77 ta OTM boʻlgan boʻlsa ayni kunda ularning soni 172 taga yetdi. Unda tahsil oluvchi talabalar esa 200 ming nafardan 800 ming nafarga yetdi.

Talabalar turar-joyining yetishmaslik muammosi oliy taʼlim muassasalari, talabalar sonini koʻpaytirgunga qadar ham koʻp edi. Dunyo oliy taʼlim tizimini oʻrganganimda bir narsaga guvoh boʻldim — talabalarni yotoqxona bilan 100 foiz taʼminlagan birorta davlat yoʻq.

Ayni paytda Oʻzbekistondagi OTMlar yotoqxonasida 91 ming talabaga joy bor. OTMlarda oʻquvchi 211 ming nafar talabaning esa turar-joyga ehtiyoji bor».