баннер
6 Mar 2025
12:23

    Turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayoni yanada tartibga solinadi

    “Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-11-son, 27.01.2025-y.) qabul qilindi.

    Farmonga koʻra, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili joriy etiladi:

    — turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash;

    — mavjud yer resurslaridan samarali (intensiv) foydalangan holda uy-joylar qurilishini tashkil qilish;

    — uy-joy qurilishi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish;

    — uy-joylarni ulush kiritish va ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatini yaratish;

    — uy-joylar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanishni ommalashtirish.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech