Turistik xizmatlar koʻlami jadal kengaytiriladi

    2025-yil iyun oyidan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish uchun har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanadi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025–2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin koʻpaytirish va turistik xizmatlar koʻlamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (PF-87-son, 15.05.2025-y.) qabul qilindi.

    2025-yil yakuniga qadar turizm sohasining asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

    • respublika hududlariga 15,8 mln nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 mlrd AQSH dollariga yetkazish;
    • ichki turizmni rivojlantirish hisobiga 40 mln ta mahalliy sayyohlarning hududlarga safarlarini tashkil etish, qoʻshimcha 378 ta turoperator faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

    2025-yil 1-iyundan Bahrayn Qirolligi, Kuvayt Davlati va Oʻmon Sultonligi fuqarolari uchun Oʻzbekistonhududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi.

    2025-yildan har yili 30-noyabrga qadar kelgusi yil turizmni rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlar ishlab chiqiladi.

    2025-yildan har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi.

    2025-yil iyun oyidan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish uchun har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanadi.