“Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni sohiblari maʼlum boʻldi

    Turizm 28 Sentabr 2020 2357

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 13-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5781-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori bilan “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi.

    “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishonining taʼsis etilishi ham turizm sohasidagi islohotlarning natijasidir. “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishonining 2020-yilgi sovrindorlari:

    Abdullayev Maxmud Mamadjanovich – Janubiy Koreyadagi “LAZZAT” oʻzbek restorani rahbari;

    Badak Sadik – Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining maslahatchisi (Turkiya);

    Bekjanova Amina Karimbayevna – “MUINAK TOUR” MCHJ direktori (Qoraqalpogʻiston Respublikasi);

    Zarifullayev Gulmurod Sayfullayevich – “Sintobiston” oilaviy mehmon uyi rahbari (Navoiy viloyati);

    Ibragimov Shuxrat Ravshanovich – Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Surxondaryo viloyatidagi hududiy boshqarmasi Marketing va turizm turlarini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi;

    Kadirov Doniyor Baxtiyorovich – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining turizm va transport obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha oʻrinbosari – Polkovnik;

    Kiyosi Kurosava – kinorejissyor, ssenarist, yozuvchi va Oʻzbekistonda tasvirga olingan “Dunyoning chekkasi tomon” filmi prodyuseri (Yaponiya);

    Maxkamov Ilham Rustamovich – Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirning birinchi oʻrinbosari;

    Nazirov Alisher Nosirovich – kulol, “Hunarmand” uyushmasi Rishton tumani boʻlimi aʼzosi (Fargʻona viloyati);

    Saydaminov Murodulla – Orient Voyage sayyohlik firmasi bosh direktori (Samarqand viloyati);

    Sofi Ibbotson – Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Turizm brendi elchisi;

    Saliyev Taxirjan Nurmamatovich – Oʻzbekiston Aeronavtika federatsiyasi raisi;

    Toni Tonchian Dzou – “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti rektori maslahatchisi (Xitoy Xalq Respublikasi);

    Tuxvatullina Elmira Akramovna - Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo boʻylab” telekanali davlat unitar korxonasi direktorining ijodiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari;

    Ubaydullayev Ravshan Umarovich – “Amirsoy” togʻ changʻi kurortini tashkil etish boʻyicha loyiha rahbari;

    Uiterdik Katerina – Buxoro shahridagi “Shuxov” suv inshooti restavratsiyasi va turizm namoyish obyekti barpo etilishi tashabbuskori, investor (Fransiya);

    Sharapov Anvar Qurbanovich – vafot etgan (soʻnggi ish joyi Oʻzbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi raisi maslahatchisi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining sobiq raisi);

    Xolmatov Erkin Irgashevich - Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi;

    Hayitova Muhayyo Xolmurodovna – Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;

    Hakimov Dilyor Zafarovich - Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqullodda va Muhtor Elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATOdagi Vakolatxonalar boshligʻi.

    “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni sovrindorlarini qutlash marosimi yaqin kunlarda tantanali ravishda oʻtkaziladi, unda Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov sovrindorlarga koʻkrak nishonini topshiradi.

    Qayd etish lozimki, “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni yilda bir marta topshirilib, sovrindorlar soni 20 nafardan oshmaydi.