Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti iqtisodiyot fakultetida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti bilan birgalikda turizm yoʻnalishida taʼlim olayotgan talaba-yoshlarning nazariy bilim va koʻnikmalarini amaliyotda yanada mustahkamlash maqsadida Turizm laboratoriyasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Germaniya xalqaro hamkorlikda ishlashish tashkilotining chet ellik vakillari, Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari hamda universitet professor-oʻqituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Bu Turizm laboratoriyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib u mehmonlarni qabul etish, mehmonxona faoliyati, umumiy ovqatlanish va boshqa amaliy mashgʻulotlarga moʻljallangan.
Turizm laboratoriyasining asosiy maqsadi sohada taʼlim sifatini yanada jadallashtirish, bitiruvchi kadrlarning amaliy koʻnikmalarini oshirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, shu bilan birga turizm sohasidagi xususiy sektor vakillari hamda universitet bilan birgalikda ishlashishni yoʻlga qoʻyishdan iborat.