G‘ijduvon tumanidagi “Qo‘rg‘on” va “Chorsu” mahallalarida viloyat turizmni rivojlantirish departamentining tegishli mas’ullari tomonidan mahalliy aholi o‘rtasida olib borilgan targ‘ibot uchrashuvlari va hududdagi yuqori salohiyatdan foydalangan 6 nafar fuqarolar tomonidan “Oilaviy mehmon uyi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bunda, “Oilaviy mehmon uyi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan hujjatlar hamda majburiy talablarni bajarish bo‘yicha mahalliy aholiga viloyat turizmni rivojlantirish departamentining tegishli mas’ullari tomonidan yaqindan ko‘mak ko‘rsatildi.