Turizm oyligi munosabati bilan keksalar uchun aviachiptalarga chegirma eʼlon qilindi

    Chegirmali aviachipta xarid qilinayotganda fuqarolar yonida pasporti yoki ID-kartasi boʻlishi kerak.

    Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, keksalar uchun turizm oyligi munosabati bilan “Uzbekistan Airways” 60 yoshdan katta erkaklar va 55 yoshdan katta ayollar uchun 1-noyabrdan 30-noyabrgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga 15 foizgacha chegirma elon qildi.

    Chegirmali aviachiptalarni “Uzbekistan Airways Sales” filialida, aviakompaniyaning Oʻzbekistondagi rasmiy agentlaridan, shuningdek www.uzairways.com saytida xarid qilish mumkin.

    Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qoʻshimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va toʻlovlar ham oʻrnatiladi. Ularga 15% gacha taqdim etiladigan chegirma amal qilmaydi.