“Tourism. The Path to Innovation” — bu mamlakat turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, sohadagi innovatsiyalarni rivojlantirish, mamlakat turizm salohiyati targʻib qilish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan startaplar uchun tanlovdir.

Ushbu tanlovning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashning kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida startaplar va turizm ekotizimini rivojlantirish, shuningdek, mamlakat ichki turizmi va turizm sohasida yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Tanlovning umumiy sovrin jamgʻarmasi 1,5 milliarddan soʻmdan iborat, deb xabar beradi “Dunyo” AA.