Unda mamlakatimizga Yaponiyadan sayyohlar oqimini oshirish, yapon tomoni bilan hamkorlikda yangi turizm kontentlari sifatida ekoturizm, gastronomik, ekstrim turizm yo‘nalishlarida turpaketlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida, O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalarida turizm yo‘nalishida taʼlim olayotgan talabalarning ushbu kompaniyada qisqa muddatli amaliyot o‘tash masalasi bo‘yicha kelishuvga erishildi.