Jumladan, qisqa muddatda va tez daromad beradigan ish oʻrinlari yaratishda eng samarador yoʻnalishlardan biri boʻlgan xizmatlar sohasi jadal rivojlantiriladi.

Yil boshidan yurtimizga 7 millionga yaqin xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, 15 million aholi mamlakat boʻylab ichki sayohatga chiqdi. Kelasi 3-4-yilda xorijiy turistlarning yillik oqimi kamida 15 millionga yetadi.

Shu bois turizmni rivojlantirish boʻyicha yangi dastur boshlanadi.