Toshkentda Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston va TURKSOY rasmiylari ishtirok etdi.

Turk kino sanoati manfaatdor tomonlariga kerak bo'lishi mumkin bo'lgan masalalarda qo'llab-quvvatlash, Turk dunyosining boy madaniy merosini aks ettiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish, shuningdek, turk xalqining birligi va qardoshligini mustahkamlash, kino sohasida mavjud bilim, tajriba va ko'nikmalarni o'zaro almashish va shu yo'l bilan turk dunyosidagi ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo'shish maqsadida Turk dunyosi kinorejissyorlari uyushmasining tashkil etilishi to'g'risidagi kelishuv memorandumi imzolandi.

Ishtirokchilar bir ovozdan O‘zbekiston Madaniyat vazirligining Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduholiqovga TURKFILMning 1-Bosh assambleya yig‘ilishiga tayyorgarlik ishlarini olib borish va tomonlar o‘rtasida muvofiqlikni ta’minlash vakolatini berdilar.

TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev yig'ilishga yo'llagan maktubida TURKFILM tashkil etilgani bilan tabriklab, faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Rayev, TURKFILMning aʼzo davlatlar kino sohasida oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga hissa qoʻshishini va boy turk madaniyatini keng ommaga yetkazishda ko‘maklashishini taʼkidladi.

Ishchi guruh Toshkent, Boku va Samarqand shaharlarida o‘tkazgan uchrashuvlari yakunida Turk dunyosi kinorejissyorlarini bir tom ostida birlashtirgan ittifoq tuzilganidan mamnunliklarini ifoda etdilar.