Musobaqada dastlab pumse, soʻngra kadetlar va oʻsmirlar oʻrtasidagi bahslar boʻlib oʻtdi.

Turnirning soʻnggi ikki kunida kattalar toifasida gʻoliblar aniqlandi. Quvonarlisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari ushbu musobaqada ikkita kumush va bitta bronza medaliga ega chiqdi.
Jumladan, 68 kilogramm vazn toifasida Najmiddin Qosimxoʻjayev 5 nafar raqibini magʻlub etib, finalga qadar yetib bordi. Biroq hal qiluvchi bahsda koreyalik sportchiga yutqazib qoʻydi.

80 kilogramm vazn toifasida Shuhrat Salayev uch nafar raqibini taslim qildi va u ham finalga chiqdi. Lekin finalda polshalik taekvondochiga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

+87 kilogramm vazn toifasidagi vakilimiz Shohruh Rajabov esa ikki raqibidan ustun kelib, yarim finalga yoʻl oldi. Afsuski, yarim finalda ozarbayjonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va yakunda bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Turizm va sport vazirligi axborot xizmati