Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamgʻarmasi taʼsis etiladi

    Investitsiyalar 9 Noyabr 2022 1938

    Bu haqda TDT iqtisodiyot va savdo vazirlari bilan oʻtgan uchrashuvdan soʻng Bosh vazir oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev maʼlum qildi.

    «Turkiy davlatlar tashkiloti iqtisodiyot va savdo vazirlarining 11-yigʻilishida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida, Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish boʻyicha Bitimni imzolanishini kelishib oldik.

    Ishonamanki, Investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish koʻp qirrali munosabatlarimizni rivojlanishida yangi zamin yaratadi», — taʼkidladi Xodjayev.