Ushbu tashabbus Qo‘qon shahri “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” maqomini olganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-338-sonli qaroriga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarda qatnashish uchun Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar (Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston) va kuzatuvchi davlatlardan (Vengriya, Turkmaniston) ikki nafardan taniqli ijodkorlar yurtimizga taklif etiladi. Ushbu qiziqarli press-tur 2022-yil, oktabr oyining birinchi dekadasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.