Turkiya BRIKSga a'zo bo'lish uchun ariza berdi

    Turkiya BRIKSga a'zo bo'lish uchun ariza berdi. Bu haqda Turkiyadagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili O'mer Chelik ma'lum qildi.

    “Prezidentimiz BRIKSga a'zo bo'lmoqchi ekanligimizni bir necha bor ta'kidladi”, deya uning so'zlaridan iqtibos keltiradi AFP. Chelik ariza qachon yuborilganiga aniqlik kiritmadi.

    Uning so'zlariga ko'ra, qo'shimcha ma'lumotlar natijalar paydo bo'lgach e'lon qilinadi, deb xabar berdi dpa.

    Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an iyul oyida NATO a'zosi – Turkiya BRIKSni “boshqa tuzilmalarga muqobil” deb hisoblamasligini aytdi. Anqara Yevropa Ittifoqiga a'zolikka nomzod bo'lib qolaveradi.

    Avgust oyi o'rtalarida Ozarbayjonning Moskvadagi elchisi lavozimida ishlagan Polad Bulbul o'g'li Boku BRIKSga qo'shilish istagi borligini ma'lum qilgan edi. Keyinroq Ozarbayjon rasmiy ariza berdi.

    Xalqaro tashkilotning navbatdagi sammiti 22-24-oktabr kunlari Qozon shahrida bo'lib o'tadi. BRICS, bu – Rossiya Federatsiyasi, Braziliya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasini o'z ichiga olgan norasmiy davlatlar guruhi.

    Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa 2023-yil 24-avgust kuni Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va Birlashgan Arab Amirliklari to'liq a'zo bo'lishga taklif qilinganligini e'lon qildi. Keyinchalik Argentina unga qo'shilishdan bosh tortdi, deb xabar beradi dw.com.