Samolyot tashuvchi kemani qurolli kuchlarga topshirish marosimida prezident Rajab Toyyib Erdog'an ham ishtirok etadi.
Kema palubasi 10 ta vertolyot va 11 ta dronni sig'dira oladi, angar sig'imi 19 ta vertolyot va 30 ta dronga mo'ljallangan.
TCG Anadolu kemasi 2019-yilda suvga tushirilgan va qabul sinovlari 2022-yil yozida yakunlangan.