Oʻzaro muloqot davomida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va kengaytirish borasida fikr almashildi.
Baxtiyor Rahmonov turk elchisiga zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan ogʻir vaziyatdan tez orada chiqishga umid bildirib, yurtimiz, shuningdek, poytaxtimiz Turkiya xalqiga yordam berishga doimo tayyorligini aytib oʻtdi. Suhbat davomida Toshkent bilan Turkiyaning yirik shaharlari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Olgan Bekar samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor qilib, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning ijobiy samaralarini eʼtirof etdi.
Joriy yilning oktyabr oyida Turkiya Respublikasi tashkil topganligining 100-yilligi nishonlanishini bildirib, shu munosabat bilan Toshkentda madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish yuzasidan oʻz takliflarini kiritdi.
B.Rahmonov bildirilgan takliflarni mutasaddilar bilan birgalikda oʻrganib, natijasi haqida maʼlum qilishini bildirdi.