Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shu oʻrinda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga yuqori darajada eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlash oʻrinli.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilayotgani bugun oʻz natijasini bermoqda. Buni mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari sezilarli darajada oʻsganida ham koʻrish mumkin. Joriy yilning 1-iyulidan boshlab Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi. Qoʻshma korxonalar soni ikki ming besh yuztadan oshib ketdi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti ana shunday aloqalarning keng koʻlamda, izchil davom etishida muhim ahamiyatga ega.