Seysmologlar mahalliy vaqt bilan soat 10.43 da Turkiya shahrining Yevropa qismida kamida uchta yer silkinishini qayd etdi. Zilzila Marmar dengizi yaqinidagi boshqa hududlarda ham sezilgan.

Tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi mutaxassislari zilzila magnitudasi 5,1 ga yetganini aytdi. Uning epitsentri Bursa viloyatining Mudanya shahri yaqinida, qariyb besh kilometr chuqurlikda joylashgan.

Zilzila oqibatida hech kim jabrlanmadi. Vayronagarchilik ham yuzaga kelmadi, deya xabar beradi Istanbul gubernatori matbuot xizmati. Xuddi shunday ma'lumotni Turkiya Ichki ishlar vazirligi ham e'lon qildi, deb xabar berdi mir24.tv.