Bu haqda Siirt viloyati gubernatori Kemal Qizilkaya ma'lum qildi.

“Eti Bakır kompaniyasining tog'-kon hududidagi konda yuz bergan o'pirilish tufayli besh nafar ishchi jarohat oldi. Besh ishchidan ikki nafari yengil tan jarohati oldi, ammo, afsuski, qolgan uch nafari halok bo'ldi”, dedi u.

Uning so'zlariga ko'ra, qazib olinadigan hududda zarur ehtiyot choralari ko'rilgan va hozir hech qanday xavf yo'q.

Omon qolgan ishchilarning ahvoli qoniqarli, deb xabar beradi korrespondent.net.