Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi bu haqda bayonot berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, raketa Eron hududidan uchirilgan va Iroq va Suriya havo hududidan o‘tib, Turkiya osmoniga yo‘naltirilgan. Tahdid Sharqiy O‘rta yer dengizida joylashtirilgan NATO havo va raketaga qarshi mudofaa vositalari tomonidan o‘z vaqtida aniqlangan va to‘xtatilgan.

Vazirlik Hatay viloyatining Dyortyol tumaniga tushgan o‘q-dori parchasi raketa havoda yo‘q qilinganidan keyin havo mudofaasi tizimi tomonidan foydalanilgan to‘xtatuvchi o‘q-dorilarning bir qismi ekanligini aniqladi.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Turkiya Mudofaa vazirligi Anqara mamlakatga qarshi qaratilgan har qanday dushmanona harakatlarga javob berish huquqini o‘zida saqlab qolishini ta’kidladi va tomonlarni mojaroni yanada avj olishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qadamlardan tiyilishga chaqirdi, deb xabar berdi report.az.