Turkiya parlamenti deputatlari byudjet muhokamasi chog'ida mushtlashdi

    Turkiya Milliy Assambleyasining 2026-yilgi davlat budjeti muhokama qilingan sessiyasida deputatlar mushtlashib ketishdi, deya xabar berdi Hurriyet.

    Gazetaning yozishicha, ovoz berishdan oldin hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Mustafo Varank va muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi raisi o'rinbosari Mustafo Emir o'rtasida og'zaki janjal kelib chiqqan. Shundan so'ng parlament minbari oldida mushtlashuv boshlangan, unga boshqa deputatlar ham qo'shilgan.

    2026-yilgi byudjet to'g'risidagi qonun qabul qilindi. Hujjatni 320 deputat yoqlab, 249 nafari qarshi ovoz berdi, deb xabar berdi kommersant.ru.