Turkiyada binolar tomlarining bo'laklari to'xtab turgan mashinalar va uylarga zarar yetkazdi. Xususan, Markaziy masjid minorasiga tegib, uni vayron qildi.
Oqibatda shu paytda uning yonidan o'tib ketayotgan ayol jarohat oldi. U kasalxonaga yotqizildi.
Anqara ma'muriyati yomg'ir va shamol tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar haqida ogohlantirdi. Bayonotda aholidan yomg'ir va momaqaldiroq davom etishi kutilayotgan ayrim hududlarda ehtiyot bo'lish so'raldi, deb xabar beradi iz.ru.